AsosiyJamiyat

Endi xorijliklarga soddalashtirilgan tartibda fuqarolik berilishi mumkin. Biroq...

'Endi xorijliklarga soddalashtirilgan tartibda fuqarolik berilishi mumkin. Biroq...'ning rasmi

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga "O`zbekiston Respublikasining fuqaroligi to`g`risida" gi O`zbekiston Respublikasi qonuniga qo`shimcha kiritish haqida"gi qonun loyihasi joylashtirildi.

Unda qayd etilishicha, O`zbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilishning soddalashtirilgan tartibi chet davlati fuqarosi bo`lgan yoki fuqaroligi bo`lmagan shaxs tomonidan O`zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan investisiya loyihalariga kamida 1 million AQSh dollari ekvivalentida sarmoya kiritgan jismoniy shaxsga yoxud taniqli olim, sportchi, madaniyat va san`at arbobiga nisbatan tadbiq etiladi.

Qonunda taklif etilayotgan yangi norma davlatning investisiyaviy jozibadorligi oshirishga, respublika investisiya muhitida bo`layotgan ijobiy o`zgarishlarga xalqaro ishbilarmonlar hamjamiyatining e`tiborini jalb qilishga va xalqaro maydonda mamlakat nufuzini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarda aytilishicha, qonunda katta hajmda to`g`ridan-to`g`ri investisiya kiritgan xorijiy sarmoyadorlarga O`zbekiston fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda berish nazarda tutiladi.

    Boshqa yangiliklar