AsosiyJinoyat

Fuqaroga musodara qilingan avtotransport vositasini olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi

'Fuqaroga musodara qilingan avtotransport vositasini olib berishni va`da qilgan firibgar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Farg`ona viloyati boshqarmalari tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda  tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, fuqaro G.I. (muqaddam sudlangan) fuqaro E.X.ning ishonchiga kirib, unga 3 900 AQSh dollari evaziga musodara qilingan “Nexia 3” rusumli atomashinani olib berishini aytib, uning 2 900 AQSh dollarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi va 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanib, uning xonadonida prokuratura organlari xodimlarining eski va yangi namunadagi xizmat kiyimlari mavjudligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda. 
 

    Boshqa yangiliklar