Bugun, 2022 yil 7 noyabr kuni soat 09:45 larda Qashqadaryo viloyati, 4K-307 "Shahrisabz-Miraki" avtomobil yo`lining 1-kilometrida, Shahrisabz tumani yo`nalishidan harakatlanib kelayotgan "Isuzu" rusumli avtobus haydovchisi N.A. rul boshqaruvini yo`qotishi oqibatida transport vositasi ag`darilib ketdi.
Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo`l harakati xavfsizligi xizmati bu haqda xabar berdi. Ma`lum bo`lishicha, hodisa natijasida tan jarohati olganlar yo`q.
Mazkur holat yuzasida Shahrisabz shahar IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilayotgani aytilmoqda.
Haydovchilardan esa yo`llarda ehtiyotkor bo`lib, qoidalarga rioya qilishlarini so`raladi.






