Farg`ona vodiy viloyatlarida kechga tomon, boshqa viloyatlarda esa vaqti-vaqti bilan yog`ingarchiliklar kutilmoqda.
Shimol va tog`larda yog`ayotgan yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Respublikaning katta qismida yog`inlar kuchli bo`lishi, baland tog`larda kuchli qor bo`ronlar kuzatilishi mumkin.
Yog`inlar chaqmoq-momaqaldiroq xususiyatli ekani inobatga olinsa, ularda jadallilik yuqoriligi hisobiga tog` va tog` oldi mintaqalarida sel kelish xavfi saqlanadi.
Havo harorati kunduz kuni ko`p hududlarda +8 +13 daraja oraliqda o`zgaradi.
07.11.2022 03:47
Bugun respublikaning deyarli barcha hududlarida yog`ingarchilik kuzatiladi






