AsosiyJamiyat

1 kunga qoldirilgan Qarshi – Toshkent yo`nalishidagi aviaqatnov bo`yicha ma`lumot berildi

'1 kunga qoldirilgan Qarshi – Toshkent yo`nalishidagi aviaqatnov bo`yicha ma`lumot berildi'ning rasmi

Qarshi xalqaro aeroportida noqulay ob-havo (ko`rishning etarli darajada emasligi) sharoiti tufayli, kecha 2022 yil 5 noyabr kungi HY-070 Qarshi – Toshkent yo`nalishidagi qatnovi 6 noyabr soat 05.30 ga majburiy ko`chirilgan. 

Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, qatnov ekipaji soat 05.30 qadar ob-havo yaxshilanishini kutgan va ekipajni ish vaqti tugagani ma`lum bo`lgan. Shundan keyin havo kemasi sardori qatnovni soat 12.00 ga ko`chirishga qaror qiladi.

Bugun, 6 noyabr kuni Qarshi – Toshkent yo`nalishidagi HY-070 reysi belgilangan manzilga etib borgan.

“Uzbekistan Airways” AJ Axborot xizmati aviakompaniya uchun yo`lovchilar xavfsizligi yuqori o`rinda turishini eslatib o`tadi. Keltirilgan noqulayliklar uchun yo`lovchilar va ularni kutib oluvchilardan uzr so`raymiz", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar