Ijtimoiy tarmoqlarda Namangandagi maktab oldida it ikki nafar insonni g`ajigani aytilgan video tarqaldi.
Viloyat FVB holat yuzasidan bayonot berishicha, voqea 5 noyabr kuni sodir bo`lgan. Mutaxassislar tomonidan daydi it ushlanib, shahar veterinariya bo`limida uni quturgan yoki qutirmaganligini aniqlash maqsadida 10 kunlik veterinariya nazoratiga olingan.
Jabr ko`rgan fuqarolar belgilangan tartibda tibbiyot muassasalarida quturish kasalligiga qarshi vaksina bilan bepul emlanishi yo`lga qo`yilgan.
Fuqarolardan yuqoridagi xolatlar va Favqulodda vaziyat hamda yong`inlar sodir bo`lganida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining tezkor “1050” hamda “101” qisqa raqamlariga qo`ng`iroq qilish so`ralmoqda.






