AsosiyJamiyat

Migrasiya agentligi Rossiyadagi muhojirlarni ogohlantirmoqda

'Migrasiya agentligi Rossiyadagi muhojirlarni ogohlantirmoqda'ning rasmi

O`zbekiston Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi Rossiya Federasiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O`zbekiston fuqarolariga yana bir bor jiddiy ogohlantirish berdi. 

“Rossiya va Ukraina o`rtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi da`vatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni so`raymiz”, deyilgan agentlikning rasmiy telegram kanalidagi xabarda.

Ma`lumot uchun, O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154 prim 1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, polisiya, harbiy adliya organlari yoki shunga o`xshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi ko`zda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar