"Moskva-Buxoro" yo`nalishidagi samolyot erta tong Buxoro xalqaro aeroportida ob-havo sharoitining noqulayligi bois zaxira aerodrom Navoiyga qo`ngan.
Samolyot qo`nish chog`ida aerodromda gorizontal ko`rinish masofasi 300 metrni, vertikal ko`rinish masofasi 130 metrni tashkil etgan qalin tuman tushgan.
Bugun kunning birinchi yarmida respublika markaziy viloyatlari, Qashqadaryo viloyatining ko`plab tumanlarida qalin tuman tushish hodisalari kuzatildi, kuzatilmoqda.
05.11.2022 05:48
Moskvadan Buxoroga uchgan samolyot Navoiyga favqulodda qo`nishga majbur bo`ldi






