AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda o`quvchi deputat tomonidan kaltaklangani aytildi

'Qashqadaryoda o`quvchi deputat tomonidan kaltaklangani aytildi'ning rasmi

Ijimoiy tarmoqlarda Qamashilik deputat 11-sinf o`quvchisini kaltaklagani haqida xabarlar tarqaldi.

Holat yuzasidan viloyat Xalq ta`limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Ma`lum bo`lishicha, 2022 yil 3 noyabrdan 4 noyabrga o`tar kechasi soat taxminan 03.00larda Qamashi tumani "Qamay" mahallasida yashovchi N.P. voyaga etmagan fuqaro Q.E. ni urib tan jarohati etkazgan.

"Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq ta`limi boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organ mas`ullari tomonidan atroflicha o`rganilmoqda", — deyiladi xabarda.

Shuningdek, jarayon yuzasidan Qamashi tuman IIB ham dastlabki ma`lumot bergan.

"Tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda", — deyiladi unda.

    Boshqa yangiliklar