KXDR tomonidan istalgan yadro hujumi Kim Chen In rejimining tugashiga olib keladi. Bu haqda "Zamon.uz" "Kommersant.ru"ga tayanib ma`lum qildi.
Bu so`zni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Li Chjon Sop AQSh va Janubiy Koreyaning xavfsizlik masalalari bo`yicha maslahat uchrashuvi yakuni bo`yicha bergan bayonotida aytgan.
“Mudofaa vaziri Ostin (AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin — tahririyat) va men yadro hujumi bo`lgan taqdirda Kim Chen In rejimi qulashiga va alyansning kuchli javobiga duch kelishini tasdiqladik”, – degan u.
O`z navbatida, Lloyd Ostin Seul va Vashington qo`shma mashg`ulotlarni davom ettirishini ma`lum qilgan.
Koreya yarimorolida eskalasiya kuchayishi davom etmoqda. Kecha KXDR Yapon dengizi tomonda 3 ta ballistik raketa uchirgan. Ulardan biri qit`alararo raketa hisoblanadi.






