AsosiyJamiyat

Imtihonga maxsus vosita olib kirmoqchi bo`lgan yana bir shaxs ushlandi

'Imtihonga maxsus vosita olib kirmoqchi bo`lgan yana bir shaxs ushlandi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmatining bergan xabariga ko`ra, Koreya Respublikasida shartnoma asosida mehnat faoliyatini muvaffaqiyatli tugatib, O`zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan maxsus test imtihoni qoidalarini buzish oqibatlari haqida ogohlantirilgan edi.

Shunga qaramay, ro`yxatdan o`tgan fuqaro I.J. maxsus vositani testga olib kirishga uringanida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolingan.

Ushbu holat bayonnomalashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etilgan.

Imtihon qoidalarini buzgan fuqaro 3 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi aytiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar