Xabaringiz bor, ayni damda Samarqandda dunyoning rivojlangan mamlakatlari etakchi xalqaro iqtisodchilari, nufuzli investorlar va ekspertlarni jamlagan II O`zbekiston iqtisodiy forumi bo`lib o`tmoqda.
Anjumanda o`zaro muloqotni yo`lga qo`yish, ishbilarmon doiralar, xorijiy korxonalar vakillari hamkorligini o`rnatish hamda investorlarni jalb qilish masalalari qizg`in muhokama qilinmoqda va bir qator kelishuvlarga ham erishilmoqda.
Jumladan, Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi va Evropa tiklanish va taraqqiyot banki o`rtasida loyiha qiymati 115 mln dollarlik jami 18 000 o`rinli 17 ta talabalar turar joylarini qurish bo`yicha Maslahat xizmati bitimi imzolandi.
Hujjatni imzolashda tomonlardan Oliy va o`rta maxsus ta`lim vaziri o`rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi direktori Zokir Bozorov hamda Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining Barqaror infratuzilma siyosati va loyihalarni ishlab chiqish bo`yicha direktori Mesyu Jortan-Tank ishtirok etdi.
03.11.2022 13:02
115 mln dollarlik 18 000 o`rinli talabalar turar joyini qurish bo`yicha maslahat xizmati bitimi imzolandi






