AsosiyJamiyat

O`zbekistonda 9 oyda qancha avtohalokat o`lim bilan tugagani ma`lum bo`ldi

'O`zbekistonda 9 oyda qancha avtohalokat o`lim bilan tugagani ma`lum bo`ldi'ning rasmi

O`zbekistonda 2022 yilning o`tgan 9 oyida sodir bo`lgan yo`l-transport hodisalarining 1494 tasi o`lim bilan yakunlangan. Bu haqda O`zLiDeP press klubida bo`lib o`tgan anjumanda Yo`l harakati xavfsizligi muammolarini o`rganish markazi boshlig`i Mashrab Razzoqov ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, o`tgan yanvar-sentyabr oyi davomida 6449 ta yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan va 1494 ta holat o`lim bilan yakunlangan.

"Yo`l-transport hodisalarning asosiy sababi yo`l infratuzilmasi to`g`ri tashkil etilmaganligida", — degan Mashrab Razzoqov

Shuningdek, avtohalokatlarning 49,3 foizini yo`l infratuzilmasi bilan bog`liqligi ma`lum qilingan. Respublika bo`yicha bu kabi holatlar 884 ta hududda piyodalar o`tish joyi mavjud bo`lmagani sababli sodir etilgan.

Veloyo`laklar tashkil etilmagani sababli 522 tasi (8,1 foizi), 509 tasi (7,9 foizi) yo`lni ikkiga ajratuvchi to`siqlar o`rnatilmaganligi sababli, 381 tasi yo`llar yoritilmagani va 381 tasi piyodalar harakatini cheklovchi to`siq panjaralar o`rnatilmagani sababli, 284 tasi yo`lning o`tkazuvchanlik transport oqimiga moslashtirilmagani sababli, 109 tasi yo`l qoplamasi ho`l yoki muzlama bo`lganligi oqibatida sodir etilgan.

Shu bilan birga, 1315 tasi haydovchilarning belgilangan tezlikka rioya etmasligi, haydovchining tajribasizligi 445 tani, 354 tasi haydovchilarning oraliq masofani saqlamasligi, piyodalarga yo`l bermaslik holatlarida 362 tani, 148 tasida svetofor yoki yo`l belgisiga rioya qilmaslik, 187 tasi quvib o`tish qoidalarini buzish, 459 tasi boshqa holatlarda sodir etilgan.

    Boshqa yangiliklar