Yangi ishga kirayotgan chet tili o`qituvchilariga V2 darajadagi sertifikat talabi 2023-2024 o`quv yilidan kiritiladi. Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 19 maydagi qaroriga asosan, 2022-2023 o`quv yilidan boshlab davlat ta`lim muassasalarining xorijiy tillar o`qituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega bo`lishi lozim.
Mazkur qarorning amaliyotga joriy etilishi natijasida ayrim hududlarda chet tili fani o`qituvchilarining maktablarga ishga qabul qilinishida muammolar yuzaga kelishi va o`qituvchilarning etishmovchiligi kuzatilmoqda.
Qayd etilishicha, ko`plab murojaatlarni inobatga olib, shuningdek, maktablarda xorijiy tillarni o`qitish jarayoni davomiyligini ta`minlash maqsadida Hukumat tomonidan V2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo`lmagan cheti tili fani o`qituvchilarining umumta`lim maktablariga ishga qabul qilinmasligi xususidagi talab 2023-2024 o`quv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berildi.






