AsosiyJamiyat

Geografik ob`ektlarga nom berishda aholining fikri o`rganiladi

'Geografik ob`ektlarga nom berishda aholining fikri o`rganiladi'ning rasmi

“Geografik ob`ektlarning nomlari to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O`RQ–799, 02.11.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qonunga ko`ra, geografik ob`ektlarga jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berishga yo`l qo`yildi.

Bunda O`zbekiston yoki jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxslarning ismi-sharifini berish ularning vafotidan keyin Prezidentining qaroriga asosan hamda, qoida tariqasida, nomlari mavjud bo`lmagan aholi punktlarining tarkibiy qismlariga nisbatan amalga oshiriladi.

Geografik ob`ektlarga nom berish va ularning nomlarini o`zgartirish to`g`risida takliflar tayyorlash jarayonida mahalliy aholining fikri hisobga olinadi.

Takliflar kelib tushganidan keyin muhokama qilish uchun ularni 5 ish kunida tegishli organlar o`zlarining rasmiy nashrlarida, rasmiy veb-saytlarida, shuningdek ommaviy axborot vositalarida e`lon qiladi.

Shuningdek, takliflar muhokamasi ular e`lon qilingan sanadan e`tiboran 15 kundan kam bo`lmasligi kerak.  

 

    Boshqa yangiliklar