AsosiyJamiyat

Piskent tumani prokurorining yordamchisi pora bilan ushlandi

'Piskent tumani prokurorining yordamchisi pora bilan ushlandi'ning rasmi

Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.

1 noyabr kuni Toshkent viloyati prokuraturasi va DXX viloyat boshqarmasi tezkor xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda Piskent tumani prokurorining yordamchisi sudda ko`rilayotgan jinoyat ishi bo`yicha sudya orqali sudlanuvchiga engil jazo tayinlanishini va`da qilib, evaziga firibgarlik yo`li 1.500 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.  

Mazkur holat yuzasidan 2 noyabr kuni Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va 28, 211 (Pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.  

Gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda

    Boshqa yangiliklar