2002 yilda G`ijduvon tumanida tug`ilgan M.R. tungi klublardan birida ishlab, bo`sh vaqtlarida fohishalik bilan shug`ullangan.
Pala-partish hayot kechirgan qiz sog`lig`idan shikoyat qilib, tuman kasalxonasiga borganida unda OITS kasalligi mavjudligi aniqlangan. U o`zidagi infeksiyani boshqalarga yuqtirsa, Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.
Ammo, u fohishalik bilan shug`ullanishda davom etgan. Olib borilgan tergov-surishtiruv harakatlari davomida M.R. 20 nafardan ortiq erkakka OITS kasalligini qasddan yuqtirgani aniqlangan.
Aybdor pul ishlash uchun o`z kasalligini boshqalarga qasddan yuqtirganini tan olgan.
Jinoyat kodeksining 113-moddasi (Tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) 4-qismi bilan ayblandi.






