Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman bo`limi tomonidan IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, Fuqaroning mavjud bo`lmagan qarzdorligini yo`q qilib berishni va`da qilgan iqtisodchi fosh etildi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
“V.E.” MChJning Yunusobod tumani “Issiqlik tarmog`i” bo`limi iqtisodchisi J.O. fuqaro K.ning Yunusobod tumani, “Buyuk turon” MFY hududidagi yashash xonadonining issiqlik manbaidan aslida mavjud bo`lmagan 24 mln so`m qarzdorligini go`yoki korxonaning yuqori turuvchi mansabdorlari orqali yo`qotib berish evaziga o`z xizmat xonasida 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga og`dirish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






