Bugun, 3 noyabr kuni Qozog`istonning Qarag`anda viloyatidagi konda gaz portladi. Oqibatda to`rt kishi halok bo`ldi, yana to`rt kishi jarohat oldi. Bu haqda respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Mavjud dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 3 noyabr kuni taxminan soat 03:00 da Shaxtinsk shahrida “Arselor Mittal Temirtau” AJ, Lenin konida gaz drenaj quduqlarini burg`ulash vaqtida to`satdan gaz portlashi sodir bo`lgan. Oqibatda bu portlash to`rt nafar ishchining o`limiga sabab bo`ldi, yana bir ishchini qidirish davom etmoqda, yana to`rt nafari esa shifoxonaga yotqizilgan”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, 106 nafar ishchi evakuasiya qilingan. Hozirda hodisani o`rganish bo`yicha komissiya tuzilmoqda.
Tergov natijalariga ko`ra avariya sabablari va sharoitlari aniqlanadi.






