Bugun, 2 noyabr kuni soat 17:11 da Samarqand viloyati Samarqand shahar «A.Navoiy» MFY Shoxrux ko`chasida joylashgan binolarning birda yong`in sodir bo`ldi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi bu haqda xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 5 ta yong`in-qutqaruv ekipaji soat 17:18 da voqea joyiga etib borib, yong`in soat 17:29 da qurshab olingan va soat 18:40 bartaraf etilgan.
Yong`in natijasida binoning garaj hududigi yoqilg`i saqlash xonasining 20 kv.m maydoni va yoqilg`i tashishga mo`ljallangan (benzavoz) «GAZ-52» avtomobili yonib zararlangan.
"Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo`lganlar yo`q.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda", — deyiladi xabarda.






