AsosiyJamiyat

"Telegram O`zbekistonda bloklandi, deb xavotirlanishga o`rin yo`q"

'"Telegram O`zbekistonda bloklandi, deb xavotirlanishga o`rin yo`q"'ning rasmi

Bir muddat avval "Telegram"da uzilishlash kuzatildi. Ayni damda aloqa biroz yaxshilangan.

Sal avval Telegram Uzbekistan bayonot bilan chiqqandi.

Telegram’da bir muddat aloqa uzilib qolmoqda. Jamoa bundan xabardor. Muammo Telegram tarafida emas, biroq jamoa aloqani saqlab qolishga urunmoqda" — deyilgandi unda.

Shundan so`ng ijtimoiy tarmoqlarda messenjer bloklangani bilan bog`liq qo`rquvlar paydo bo`la boshladi.

AKT vazirligi ayni damda xavotirga o`rin yo`qligini bildirmoqda.

"Telegram messenjeridagi uzilishlar bazi foydalanuvchilarda ulanishidagi muammolar tufayli. Telegram O`zbekistonda bloklandi, deb xavotirlanishga o`rin yo`q", — deydi vazirlik.

    Boshqa yangiliklar