AsosiyJamiyat

Yanagi yilda 14 ta hududdan tanlab olingan maktablarning 1-4 sinf o`quvchilari Finlyandiya tajribasi asosida o`qiydi

'Yanagi yilda 14 ta hududdan tanlab olingan maktablarning 1-4 sinf o`quvchilari Finlyandiya tajribasi asosida o`qiydi'ning rasmi

2023 yil 1 yanvardan 14 ta hududdan tanlab olingan maktablarning 1-4 sinflarida  Finlyandiya ta`lim tajribasi joriy qilinadi

Bu haqda Xalq ta`limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova AOKAda o`tgan brifingda ma`lum qildi.

Qayd etilishicha, 2023 yil yanvar oyidan joriy qilinish ko`zda tutilgan fin ta`limi approbasiyasida 4 mingdan oshiq o`quvchi ishtirok etishi kutilmoqda.  

Shuningdek, ta`lim tizimiga o`zgartirish kiritish maqsadida murojaat qilgan 6 mingga yaqin o`qituvchi-pedagog uchun ham hududlardagi malaka oshirish markazlarida hamda aprobasiya o`tadigan maydonchalarda alohida o`quv-mashg`ulotlar tashkil etib boriladi.

Tajriba-sinov ishlarining birinchi bosqichi sifatida 139 ta boshlang`ich sinf o`qituvchisi uchun 4-9 noyabr kunlari maxsus malaka oshirish kurslari Toshkent shahrida tashkil etiladi.

Finlyandiya tajribasi nimadan iborat?

Ma`lum qilinishicha, Finlyandiya ta`lim tizimining muhim asosi o`quvchilarga yodlash orqali bilim berish emas, balki ularni fikrlashga va shu orqali yuzaga kelgan muammoni mustaqil hal etishga tayorlashdan iboratdir.

Bunda asosiy e`tibor aniq va tabiiy fanlarni puxta o`zlashtirish va olgan bilimlarini real ko`nikmalar asosida mustahkamlash, hayotda qo`llay olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgani aytiladi.

Ta`kidlab o`tilishicha, ishchi guruh faoliyati doirasida hozirda Finlyandiya tajribasini yurtimizga keng joriy etish, shu bilan birga ijtimoiy va milliy komponent fanlarida xalqimiz qadriyatlari va an`analariga xos bo`lgan dastur va darsliklarni joriy qilish ishlari olib borilmoqda.

E`lon qilingan maxsus talim2023 aloqa kanallari orqali ta`lim tizimini isloh qilishda faol ishtirok etish istagini bildirgan 6 minga yaqin o`qituvchilarning arizalari qabul qilindi.

Aprobasiya jarayoni

Ayni vaqtda Toshkent shahar Olmazor tumanidagi 134-umumta`lim maktabida Finlyandiya ta`lim tizimini joriy etish bo`yicha tajriba-sinov jarayonlari boshlangan. Maktabning boshlang`ich sinf o`quv darslari ushbu ta`lim tizimiga bosqichma-bosqich moslashtirilmoqda.

Ishlarning mantiqiy davomi sifatida talim2023 aloqa kanallariga kelib tushgan 6 minga yaqin o`qituvchi murojaatlari tahlil qilinib, eng ko`p arizalar jo`natgan, respublikaning 14 ta hududidagi maktablar tanlab olindi. Ushbu maktablarda 2023 yil yanvar oyidan 1-4 sinflarda Finlyandiya mas`ul idoralari tomonidan sifat belgisi bilan qayd etilgan zamonaviy darsliklarning aprobasiyasi o`tkaziladi va unda 4 ming nafardan ortiq o`quvchi ishtirok etishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, ushbu 6 mingga yaqin o`qituvchilar uchun ham hududlardagi malaka oshirish markazlarida hamda aprobasiya o`tadigan maydonchalarda alohida o`quvlar tashkil etib boriladi.

Tajriba-sinovda ishtirok etadigan maktablar va ularning o`qituvchilari bilan keyingi 2 oy davomida alohida dastur asosida ishlar olib boriladi. Mazkur ishlarning birinchi bosqichi sifatida 139 ta boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun 4-9 noyabr kunlari maxsus malaka oshirish kurslari Toshkent shahrida tashkil etiladi.

    Boshqa yangiliklar