AsosiyJamiyat

"Axlatga to`layotgan " yoxud betinim yomg`irlar ostida qolgan Toshkentni kim asraydi? (video)

'"Axlatga to`layotgan " yoxud betinim yomg`irlar ostida qolgan Toshkentni kim asraydi? (video)'ning rasmi

Mana bir necha soatlardan buyon yog`ayotgan yomg`ir sabab Samarqand va boshqa ba`zi viloyatlar kabi poytaxt Toshkentga nisbatan ham "suvga to`lgan" iborasi ishlatilmoqda. Kuz kuzligini qilyapti-da, deyishingiz ham mumkin, ammo bunday vaziyat domiy ham fasllar bilan bog`liq bo`lavermaydi.

Suv to`planib qolish holatlari ba`zi jihatlar bilan olib qaraganda yo`llardagi siz yaxshi bilgan o`nqir-cho`nqirlik bilan yo`yilsa, boshqa jihatdan biz doim ham e`tiborga olavermaydigan "axlatlashtirish" ga borib taqaladi. "Sabrsiz" yog`ayotgan yomg`ir bor yo`g`i biz doim ahamiyatsiz amalga oshiradigan axlat uloqtirishni oshkor qilib qo`ydi.

Xususan, Toshkent shahar hokimligi bugun ariq, drenajdan olingan ayrim videolarni e`lon qildi.

Hokimlik, shuningdek, holatga munosabat bildirib, ushbu vaziyatni izohlab, uning yagona sababchisi sifatida chiqindilarning belgilangan joylarga emas, balki yo`llarga va ariqlarga tashlab ketilishini keltirib o`tadi..  

"Kelajakda bunday holatlar qaytarilmasligi uchun chiqindilarni faqat belgilangan joyga tashlashingizni, bu orqali, poytaxtimiz ozodaligiga o`z hissangizni qo`shishingizni so`raymiz",  — deyiladi uning xabarida.

Biz qanchalar ozodalik haqida bong urmaylik, ko`chalarni tozalashda to`kiluvchi zahmatlar baribir to`xtamaydi. Biroq "axlatlashtirish" qatnashuvchisi bo`lib qolayotgan bir qo`l "kamayadigan" bo`lsa, maqsadimizga etgan bo`lamiz.

Dilbar Abdunabieva.

    Boshqa yangiliklar