AsosiyJamiyat

Xo`jaobod tumani sobiq hokimining noqonuniy ishlari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Xo`jaobod tumani sobiq hokimining noqonuniy ishlari bo`yicha jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda, “Xo`jaobod tuman sobiq hokimi O.Rasulovning 30.03.2019 yildagi 656-q sonli noqonuniy qaroriga asosan qurilish ishlari olib borilayotganligi” xususida xabarlar tarqaldi.    

Andijon viloyat prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabarlarga javoban o`zining rasmiy bayonoti e`lon qildi. Aniqlanishicha, Xo`jaobod tumanida er maydonlarini ajratish bilan bog`liq, shu jumladan sobiq tuman hokimining 2019 yil 30 martdagi 656-q sonli qarorlari qabul qilinishida qonun talablari buzilganligi aniqlanib, mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan JKning 205-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

"Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Xo`jaobod tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, yuqoridagi noqonuniy qurilish ishlari to`xtatilgan bo`lib, tergov natijalari bo`yicha aybdor shaxslarga nisbatan qonuniy baho berilishi ta`minlanadi", - deyiladi bayonotda.

 

 

    Boshqa yangiliklar