AsosiyDunyo

Eron Rossiyaga ballistik raketalarni jo`natishga tayyorlamoqda

'Eron Rossiyaga ballistik raketalarni jo`natishga tayyorlamoqda'ning rasmi

Eron Rossiyaga mingta qo`shimcha qurol jo`natishga tayyorlanmoqda. U o`z ichiga “er-er” tipidagi qisqa masofaga uchadigan ballistik raketalar va zarbdor dronlarni oladi. Bu haqda "Zamon.uz" "BBC News"ga tayanib xabar bermoqda.  

CNN telekanali ma`lumotlariga ko`ra, bu Tehronning Moskvaga yuqori aniqlikdagi qurol berishining birinchi holati bo`ladi. Telekanal bilan suhbatlashgan amaldorlar Eron so`nggi bor RFga 450 ta dron taqdim etganini aytgan.

Hozircha bu qurollarni etkazib berishning aniq muddati ma`lum emas, ammo yil oxiriga qadar amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Sentyabrda Ukraina Eronni Moskvaga qurol etkazib berishda ayblagan va uning elchisi akkreditasiyasini bekor qilgandi. 18 oktyabr Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Vladimir Zelenskiyga Tehron bilan diplomatik aloqalarni uzishni taklif qildi.

    Boshqa yangiliklar