AsosiyJamiyat

Turkiyadagi “Qo`rqut ota” ikkinchi xalqaro kinofestivaliga start berildi

'Turkiyadagi “Qo`rqut ota” ikkinchi xalqaro kinofestivaliga start berildi'ning rasmi

Kuni kecha 1 noyabr kuni Turkiyaning Bursa shahrida 17 davlatdan tashrif buyurgan 200 dan ortiq  kinoijodkorlar ishtirokida turkiy tilda so`zlashuvchi davlatlarning “Qo`rqut ota” ikkinchi xalqaro kinofestivaliga tantanali ravishda start berildi. Bu haqda kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Kinofestivalining ochilish marosimi turkiy xalqlar milliy kuy-qo`shiqlari va chiqishlari bilan boshlandi. Festival tashkilotchilari va nufuzli mehmonlar so`zga chiqib kino sahasidagi islohotlaar va yutuqlar haqida nutq so`zlashdi. Marosim so`nggida qirg`iz kinoijodkorlarining “Baland tog`lar malikasi” deb nomlangan xalq qahramoni Qurbonjon dodhoning jasorati haqidagi badiiy filmi namoyish etildi. 

Ushbu festivalda 57 ta film ikki yo`nalishda g`oliblik uchun raqobatlashadi. Ular orasida o`zbek kinoijodkorlarining ikkita kartinasi ham bor. Bular kinorejissyor Dilmurod Masaidovning “Ayol qismati” badiiy filmi hamda Furqat Usmonovning “Inson” ko`p qismli xujjatli filmidir. 

Festivalga 30 dan ortiq o`zbek delegasiyasi vakillari yo`l olgan bo`lib, bu raqamlar 4 noyabr kuni yana ham ko`payishi kutilmoqda. Chunki aynan shu kuni festival doirasida “O`zbek kinosi” kunlari bo`lib o`tadi. Unda ishtirok etish uchun Toshkentdan kinoijodkorlarni qo`llab-quvvatlash uchun o`zbek san`atining boshqa vakillari ham tashrif buyurishadi. Shuningdek, hozirda Turkiyada istiqomat qilayotgan o`zbek san`ati ixlosmandlari aynan shu kuni Bursa shahrida jam bo`lishi kutilmoqda.

Eslatib o`tamiz, 4 noyabr kuni soat 18:00 da “Qo`rqut ota” kinofestivali doirasida “O`zbekiston kinosi kunlari” ham bo`lib o`tadi. Bayram dasturida o`zbek kino yulduzlari, aktyorlar va rejissyorlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etiladi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar