Samarqand xalqaro aeroporti 8 noyabrdan 12 noyabrga qadar texnik sabablarga ko`ra yopiladi. Bu haqda aviakompaniya xodimlar uchun xalqaro ogohlantirish tizimiga tayanib Telegramdagi AviaAlertsUZ kanali xabar qildi.
Ma`lumot o`rnida aytib o`tish joizki, Samarqandda 11 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti bo`lib o`tadi. Tashkilotga Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkiya va O`zbekiston a`zo.
Vengriya va Turkmaniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Samarqand aeroporti Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti o`tkazilishi munosabati bilan 14-16 sentyabr kunlari ham tijorat yo`lovchi va yuk reyslari uchun yopilgandi.






