AsosiyJinoyat

Muzrabot tumani sobiq hokimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

'Muzrabot tumani sobiq hokimiga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi'ning rasmi

Joriy yilning sentyabr oyida lavozimidan ozod qilingan Muzrabot tumanining sobiq hokimi A.E.ga nisbatan DXX Surxondaryo viloyati bo`yicha Boshqarmasi tomonidan Jinoyat Kodeksining 167, 205 va 209-moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda DXX matbuot xizmati Darakchi.uz'ga ma`lum qildi.

Dastlabki tergov harakatlari davomida ma`lum bulishicha, u mazkur tumandagi umumiy qiymati 1,7 mlrd. so`m bo`lgan 4,2 gektar er maydonini auksion savdolarisiz o`zining yaqin qarindoshlariga rasmiylashtirib bergan.
Shuningdek, tumandagi banklar uning yaqin qarindoshlari nomlariga turli maqsadlarda 166 mlrd. so`m miqdorida imtiyozli kredit mablag`lari ajratgan bo`lib, ularning katta qismi muammoli kreditga aylangan. Hozirda bank muassasalari tomonidan o`z vaqtida to`lovlari amalga oshirilmagan 121 mlrd. 406 mln. so`mlik kredit mablag`larini undirish yuzasidan tegishli ishlar olib borilmoqda.

Bundan tashqari, “Surxondaryodonmahsulotlari” AJda olib borilayotgan taftish davomida aniqlanishicha, A.E. ishtirokida qiymati 35 mlrd. so`mlik 9,6 ming tonna don talon-toroj qilingan. Ta`kidlash lozimki, A.E. 2010 —2017 yillarda ushbu Jamiyat rahbari lavozimida faoliyat olib borgan. Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Jamiyatning 20dan ortiq mas`ul-mansabdor shaxslari tergov harakatlariga jalb qilingan va ular A.E.ning noqonuniy hatti-harakatlari yuzasidan ko`rsatmalar bermoqda. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar