1 noyabr soat 23:00 dan 3 noyabr soat 22:00 ga qadar elektr energiyasi uchun onlayn to`lovlarni amalga oshirib bo`lmaydi. Bu haqda "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ xabar bermoqda.
Bunga sabab sifatida aksiyadorlik jamiyatining ma`lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari olib borilishi ko`rsatilgan.
Shuningdek, iste`molchilar elektr energiyasi bo`yicha ma`lumotlarni ham vaqtincha ko`rolmaydi. Biroq ko`rsatilgan ushbu muddat ichida qarzga kirgan iste`molchilar tarmoqdan uzilmaydi.
O`zA e`lon qilgan xabarga ko`ra, ikki kun davomida mobil ilovalardan tashqari, bank kassalari orqali ham to`lovni amalga oshirishning iloji bo`lmasligi mumkin.
HET Markaziy bankni billing tizimidagi profilaktika ishlaridan 29 sentyabrda xabardor qilgan.






