Surxondaryo viloyati Boysun tumanida xususiy korxonasi rahbari tijorat bank filialidan kredit olgan.
Olingan mablag` jami 428,4 mln so`m bo`lib, tadbirkor bu pullarga tikuv mashinasi, asbob uskuna va xom ashyolar sotib olmoqchi bo`lgan. Ammo u bu pullarni boshqa maqsadlarda sarflab, talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Xuddi shu tumanda yana bir fuqaro va fermer xo`jaligi rahbari 6 nafar fuqaroning ruxsatisiz ta`minotchi korxonalar hisob raqamiga 174 mln so`m kredit mablag`ini olgan. Ammo ular bu pullarga chorva mollarini olmay, ishlatib yuborishgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.






