2 noyabr kuni O`zbekiston bo`yicha yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchaydi. Havo harorati +10+15 iliq bo`ladi.
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat +11+13 iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg`ir, qor yog`adi, ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat +2+7 iliq bo`ladi.
02.11.2022 03:13
Bugun O`zbekistonning ayrim hududlarida kuchli yomg`ir yog`adi






