AsosiyJinoyat

Andijonda soxta hujjatlar orqali 10 mlrd so`m kreditni qo`lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi

'Andijonda soxta hujjatlar orqali 10 mlrd so`m kreditni qo`lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi'ning rasmi

Andijon viloyatida soxta hujjatlar orqali 10 mlrd so`m kreditni qo`lga kiritgan MChJ rahbari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bu haqda xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Sh.” MChJni norasmiy boshqarib kelgan Sh.J. va boshqalar hududiy tijorat banki filialiga soxta baholash hujjatlarini taqdim qilish orqali naslli qora mollarni xarid qilish uchun ajratilgan 10 mlrd so`m kredit mablag`ini aldov yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda", — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar