AsosiyJamiyat

"Vatan mudofaasi maktabdagi tarbiya bilan bog`liq" Deputat Iqbol Mirzo maktablarga qurol-yarog` tarqatishni taklif qildi (video)

'"Vatan mudofaasi maktabdagi tarbiya bilan bog`liq" Deputat Iqbol Mirzo maktablarga qurol-yarog` tarqatishni taklif qildi (video)'ning rasmi

Bugun O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi.  

Unda deputatlar “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, shu jumladan umumiy o`rta ta`lim maktablarida chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik fanini o`qitish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to`g`risida”gi masala yuzasidan yuborilgan Qonunchilik palatasining parlament so`roviga Xalq ta`limi vaziri B.Saidovning javobini ko`rib chiqdilar va uni ma`lumot uchun qabul qildilar.

Shuningdek, jarayonda shoir va ayni vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Iqbol Mirzaaliev maktablarga harbiy qurollar tarqatishni taklif qildi.

"Men o`ta jiddiy masalaga diqqatingizni qaratishingizni so`ramoqchiman. Aynan shu masalani ko`p o`rganganmiz, tahlil qilganmiz. Chunki vatan mudofaasi maktabdagi tarbiya bilan bog`liq bo`ladi. 5-6 yil oldingi sharoitlar juda yomon edi. Hali ham juda keskin yaxshilangani yo`q. Oliy bosh qo`mondon juda katta islohotlarni qilib berdilar. Ayniqsa mutaxassislar, o`qituvchilar etishmasdi. Harbiy xizmatdan bo`shagan ofiserlarni mana shu dars masalasiga jalb qilish juda to`g`ri echim bo`ldi. Chunki harbiy tajribasi bor odamning darslari boshqacharoq ta`sir ko`rsatadi. Bevosita shu hisobotdan bir narsaga diqqatingizni tortmoqchiman. Tasavvur qiling, hali ham 3 foizgina maktablarimzda o`quv qurollar bor. Qurolni qo`liga ushdab ko`rmagan bolada qanday qilib tuyg`u paydo bo`ladi", — deydi u.

    Boshqa yangiliklar