AsosiyJamiyat

Qoraqalpog`istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi kechirildi

'Qoraqalpog`istondagi voqealarda ishtirok etgan yana 35 nafar ayblanuvchi kechirildi'ning rasmi

Komissiya tomonidan fuqaro murojaatlarini o`rganish davomida sodir etgan qilmishiga pushaymon va ijtimoiy sharoiti og`ir bo`lgan ayblanuvchilarning uchinchi ro`yxati shakllantirilgan va ularni oilasiga qaytarish bo`yicha tegishli choralar ko`rilgan edi.

Komissiya a`zolari taklifi va Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengesi iltimosnomasiga ko`ra, Bosh prokuratura tomonidan 2022 yilning 1 noyabr kuni yana 35 nafar ayblanuvchini jamoat kafilligi asosida o`z oilasiga qaytarilgan.

️Ma`lumot uchun,  shu yilning  30 avgust kuni 34 nafar, 13-14 oktyabr kunlari 38 nafar Mustaqil Komissiya tomonidan shakllantirilgan ro`yxatdagi ayblanuvchi oilasi bag`riga qaytarilgan edi.

️Komissiya tashabbusi bilan yaqinlari bag`riga qaytarilgan ayblanuvchilar soni 107 nafarga etdi.

 

    Boshqa yangiliklar