FVV Seysmoprognostik monitoring markazining xabar berishicha, Toshkent vaqti bilan 09:35 da Qirg`izistonda sodir bo`lgan zilzila kuchi O`zbekiston hududida sezildi.
Ma`lum qilinishicha, zilzila koordinatalari: 40,05 gradus shimoliy kenglik; 72,66 gradus sharqiy uzunlik. Magnitudasi 3,7 ballga teng bo`lgan. Chuqurlik — 15 kilometr. Zilzila episentri Toshkentdan 320 kilometr janubiy-sharqda kuzatilgan.
O`zbekiston hududida sezilish kuchi:
Marhamat tumanida — 2 ball, 61 km;
Buloqboshi tumanida — 2 ball, 63 km;
Quvasoy shahrida — 2 ball, 64 km;
Xo`jaobod tumanida — 2 ball, 66 km.






