Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2022 yilning oktyabr oyida uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari sentyabr oyiga nisbatan ya`ni bir oyda o`rtacha 16,1 % ga oshgan.
Bunda eng yuqori o`sish Toshkent shahrida 51,6 % qayd etilgan bo`lsa, eng past o`sish 1 % bilan Xorazm viloyatida kuzatilgan.
Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari narxlari yil boshidan buyon o`rtacha 20,9 % ga oshgani kuzatilgan.
Uy-joylarni ijaraga berish xizmatlari o`tgan yilning mos davriga nisbatan ya`ni yillik nisbatda o`rtacha 24,2 % ga oshgan.
01.11.2022 04:45
Toshkentda uy-joylarning ijara narxlari bir oyda 51,6 % ga oshgan






