AsosiyJamiyat

Bugun Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi

'Bugun Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi'ning rasmi

Mirzo Ulug`bek tumani Lomonosov ko`chasida joylashgan gaz quvurida gaz sizib chiqish holati aniqlangan. Shu sababli 2022-yil 1-noyabr kuni soat 10:00 dan 18:00ga qadar Lomonosov, Oltintepa ko`chalarida gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatiladi. Bu haqda "Hududgaz Poytaxt" gaz ta`minoti  filiali xabar qildi.

Shuningdek, X. Po`lat ko`chasida joylashgan gaz quvurini xavfsiz joyga ko`chirish ishlari rejalashtirilayotganligi sababli bugun ushbu ko`chadagi 40 ta hovli xonadonlarda ham soat 10:00 dan 17:00ga qadar gaz ta`minoti vaqtinchalik to`xtatilishini ma`lum qilamiz.

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta`minoti filiali ta`mirlash ishlari tufayli etkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste`molchilardan uzr so`raydi, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar