Rossiyaning Moskva shahridagi Ryabinovaya ko`chasida 54 ta avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Moskva Transport departamenti xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, hodisa oqibatida besh kishi, jumladan, bir bola jarohatlangan, ikki kishi kasalxonaga yotqizilgan. Michurinskiy prospekti tomon harakatlanish butunlay to`sib qo`yilgan.
Davlat yo`l inspeksiyasi ma`lumotlariga ko`ra, ikki kishi tibbiy yordam so`rab murojaat qilgan. "TASS"ning favqulodda xizmatlarga tayanib yozishicha, 54 ta engil avtomobil, motosikl va avtobus ishtirokida bir nechta kichik YTH sodir bo`lgan. Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, besh kishi jabrlangan, ulardan biri bola, ikki nafari kasalxonaga yotqizilgan. Voqea sodir bo`lgan joyga odamlarga yordam ko`rsatish uchun maxsus avtobuslar jo`natilgan.






