AsosiyJamiyat

Jomboyda "DAF" yonib ketdi

'Jomboyda "DAF"  yonib ketdi'ning rasmi

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bugun, 2022 yil 31 oktyabr kuni soat 15:30 larda Samarqand viloyati, Jomboy tumani hududidan o`tuvchi M-39 "Toshkent-Samarqand" avtomobil yo`linda "DAF" rusumli yuk avtomobilining old chap tomon shinasi havo qo`yib yuborishi oqibatida haydovchi boshqaruvni yo`qotgan va oldinda, ortga qayrilib olish manyovrini bajarayotgan haydovchi boshqaruvidagi "Lada Largus" rusumli avtomobilga to`qnashgan. Bu haqda IIB YHXB xabar berdi.
To`qnashuv natijasida yuk avtomobilida yong`in yuzaga kelgan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida "Lada Largus" avtomobilining haydovchisi shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan tuman IIB YHXB hamda FVB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda" deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar