AsosiySiyosat

Erdo`g`on O`zbekistonga kelmoqda

'Erdo`g`on O`zbekistonga kelmoqda'ning rasmi

Prezident Erdo`g`on TDT sammitida qatnashishi kutilmoqda.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`onning O`zbekistonga tashrifi kutilmoqda. Bu haqda Turkiya elchisi Olgan Bekar Toshkentda 29 oktyabr – Respublika kunining 99 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tantanali marosimda ma`lum qildi.

"O`zbekiston – umumiy tamaddunimiz beshigi, tilimimiz va madaniyat ildizlari tutashgan zamindir. Turk va o`zbek xalqlarini tarix mobaynida birodarlik va mehr-oqibat rishtalari bog`lab kelgan. Ikki xalq barcha davrlarda ham bir-birini imkon qadar qo`llab-quvvatlab kelgan", – dedi O.Bekar.

Diplomat ikki mamlakat aloqalari energetikadan qishloq xo`jaligiga qadar, sanoatdan madaniyatga qadar, yoshlar masalalaridan atrof-muhitni muhofaza etishga qadar – barcha sohalarda rivojlanayotganini qayd etar ekan, o`zaro hamkorlik biror bir davrda hozirgidek yuksak darajaga chiqmaganini ta`kidladi.

    Boshqa yangiliklar