AsosiyJamiyat

Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnasha olmaydi?

'Milliy sertifikat imtihonlarida kimlar qatnasha olmaydi?'ning rasmi

Hozirda ko`pchilikni milliy sertifikat imtihonida kimlar ishtirok eta oladi, bu imtihon faqat abiturientlar uchunmi, degan savollar qiziqtirmoqda.

Qayd etilishicha, umumta`lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 oktyabrdagi 646-son qarori asosida tashkil etiladi.

Mazkur qarorda milliy sertifikat imtihonlarida faqatgina abiturientlar ishtirok etishi mumkin degan cheklov mavjud emas. Ya`ni ushbu imtihonni barcha topshirishi mumkin.

Boshqacha qilib aytganda, chet tili imtihonlarida bo`lgani kabi o`z bilimini sinab ko`rmoqchi bo`lgan har kim umumta`lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonida ishtirok etishi va tegishli sertifikatni qo`lga kiritishi mumkin.

Shuningdek, o`qituvchilar turli tizimlarda faoliyat yuritishidan kelib chiqqan holda, Davlat test markazi o`qituvchilarga ustama to`lanishi bilan bog`liq holatga o`zi ishlaydigan tashkilotdan aniqlik kiritishni tavsiya etadi.

    Boshqa yangiliklar