Davlat statistika qo`mitasi bergan ma`lumotlarga ko`ra, O`zbekiston 2022 yilning yanvar-sentyabr oylarida 19 ta xorijiy davlatlarga qiymati 30,5 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 21,2 mln. juft oyoq kiyimlar eksport qilgan.
Oyoq kiyimlar eksporti hajmi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 618,3 mming juftga kamaygan.
2022 yilning 9 oyida O`zbekiston eng ko`p oyoq kiyim eksport qilgan davlatlar:
Qirg`iz R. – 9,2 mln. juft
Tojikiston – 5,3 mln. juft
Qozog`iston – 5,3 mln. juft
Afg`oniston – 596 ming juft
Rossiya – 418 ming juft
2022 yilning 9 oyida xorijiy davlatlarga eng ko`p oyoq kiyim eksport qilgan hududlar:
Andijon viloyati – 14,1 mln.
Farg`ona viloyati – 7,1 mln.
Samarqand viloyati – 6 mln.
Toshkent viloyati – 1,1 mln. AQSh dollar






