O`zbekistonda ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan qo`shimchalar kiritish bo`yicha qonun loyihasi ishlab chiqildi. U Normativ huquqiy hujjatlar portaliga joylashitirildi va ayni damda muhokama jarayonida.
Qayd etilishicha, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahkumlar elektron davlat xizmatlari, shu jumladan notariat xizmatlaridan foydalanishi uchun JIEM ma`muriyati tomonidan alohida xona ajratiladi. Ma`lum bo`lishicha, mazkur xona veb-kamera hamda Jahon axborot internet tarmog`iga ulangan kompyuter texnikasi bilan jihozlanadi.
Eslatib o`tamiz, muhokama 9 noyabrga qadar davom etadi.






