Hindistonning Gujarat shtatidagi piyodalar ko`prigi qulab tushdi, falokat vaqtida unda 500 ga yaqin odam bo`lgan, deb xabar bermoqda xorij OAVlar.
Ijtimoiy tarmoqlarda e`lon qilingan videoda ko`prikda qolgan yuzlab odamlar qirg`oqqa chiqishga intilayotgani aks etadi. Qurbonlarning ba`zilari suvda. Odamlarning qo`ruv ichidagi qichqirig`i, sirenalar ovozi eshitiladi.
Tasdiqlanmagan ma`lumotlarga ko`ra, ko`prikning qulashi oqibatida 60 kishi halok bo`lgan bo`lishi mumkin.






