Farg`onadan Dubayga parvozlar amalga oshirilishi boshlandi. Bu haqda "Uzbekistan Airways" xabar berdi.
2022 yil 30 oktyabr kuni "Uzbekistan Airways" aviakompaniyasi Farg`ona – Dubay yo`nalishi bo`yicha birinchi aviaqatnovini amalga oshirdi. Aviakompaniya bugundan boshlab Farg`ona – Dubay – Farg`ona yo`nalishi bo`yicha parvozlarni haftada ikki marta – yakshanba va seshanba kunlari amalga oshirilishini ma`lum qildi.






