AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda yuk mashinasi yonib ketdi (video)

'Qashqadaryoda yuk mashinasi yonib ketdi (video)'ning rasmi

29 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Yakkabog` tumani hududida yuk mashinasi yonib ketgani tasviri tarqaldi. 

FVVning ma`lum qilishicha, taxminan soat 21.43 larda Yakkabog` tumani Favqulodda vaziyatlar bo`limiga fuqarolardan Yuk mashinasi yonayotganligi to`g`risidagi xabar kelib tushgan. Xabarga ko`ra, voqea joyiga soat 21.50 larda qutqaruv xizmatidan 1 ta bo`linma etib borib, yong`inni taxminan soat 22.13 lar atrofida to`liq o`chirgan. 

Ma`lum bo`lishicha, mazkur yuk avtomobili tumanning “Oqtosh” MFY hududidan o`tuvchi yo`l yoqasida to`xtab turgan. Shuningdek, ushbu transport vositasi Samarqand viloyati Narpay tumanida yashovchi 1979 yilda tug`ilgan fuqaro Z.X boshqaruvida (“MAN” rusumli 30/659 FVA davlat raqam belgili yuk mashinasi) bo`lganligi ma`lum bo`ldi. 

Yong`in oqibatida  yuk avtomobilining old (kabina) qismi yonib zararlangan. Hech kim tan jarohati olmagan. Yong`in sababi va zarariga aniqlik kiritilmoqda.

    Boshqa yangiliklar