Deputat Rasul Kusherbaev eng ko`p maktab erlari sotilgan hududlar bo`yicha Xalq ta`limi vazirligidan olgan ma`lumotini e`lon qildi.
"Prezidentning 2018 yil 5 sentyabrdagi qaroriga asosan Xalq ta`limi vazirining ruxsatisiz maktablarning erlari begonalashtirishga yo`l qo`yilmasligi belgilangan bo`lsa-da, hokimlarimiz bunga zid ravishda maktab erlarini boshqalarga berib yuborish holatlari ko`p ekan. Oddiy aytganda maktab erlari "sotilgan", – deydi xalq vakili.
Raqamlarga ko`ra, 2018 yildan shu kunga qadar jami 198 ta maktabning hududlari noqonuniy berib yuborilgan.
Bu borada rekord Andijon viloyatiga tegishli: naqd 61 ta maktab hududlari bervorilgan.
Keyingi o`rinda 26 ta maktab hududini bevorgan Qashqadaryo viloyati turibdi.
Namangan viloyati esa 20 ta maktab hududlarini bervorish orqali kuchli uchlikdan o`rin olgan.
Birgina Xorazm viloyatida bunday holat kuzatilmagan. Xorazmda bunday ishlar Prezident qarori chiqquncha bo`lgan bo`lishi mumkin.
"O`quvchilarga sinfxonalar etishmay, maktablarga qo`shimcha bino qurishga er muammo bo`lib turgan bir vaqtda maktab erlari talon-taroj qilinayotganini kelajakka hiyonat, deyish mumkin. Farqi shundaki, bunda maktab erlarini talon-taroj qilgan hokimlar emas, noqonuniy topshiriqni bajargan qo`rqoq va jur`atsiz xodimlar jazolanadi", – deydi R.Kusherbaev.






