Hodisalar 2011 yilda, ayollar suv osti xizmatiga qabul qilinganda boshlangan. Qirollik dengiz floti tergov boshladi va barcha aybdorlarni unvoni va maqomidan qat`iy nazar jazolashga va`da berdi.
Bu haqda "Daily Mail" bergan xabarga ko`ra "Sputnik O`zbekiston" yozmoqda.
Nashr suvosti kemasiga qo`mondonlik qilgan birinchi ayol Sofi Bruk (rasmda) haqida hikoya qiladi. Tahqiromuz harakatlar tufayli unda o`z joniga qasd qilish moyillik paydo bo`ldi.
Brukning so`zlariga ko`ra, dengizdagi reydlar chog`ida erkaklar uni behayo haqorat qilgan, kaltaklagan va yalang`och ayollarning suratini ko`rsatishgan.
Harbiylar, shuningdek, falokat yuz berganda zo`rlanishi mumkin bo`lgan ayol-dengizchilar ro`yxatini tuzib, Sofiga "u №6" deb aytishdi.
Bruk o`z yigitiga navbatdagi reyd haqida yozgan maktubida shikoyat qilganidan so`ng, u davlat sirlarini oshkor qilishda ayblangan va xizmatdan haydalgan, deyiladi xabarda.






