Janubiy Koreya poytaxti Seulda Xellouin bayramida yuz bergan tiqilinch oqibatida kamida 120 kishi halok bo`ldi, 150 kishi jarohat oldi. Bu haqda Yonhap agentligi xabar bermoqda.
“Seulning Itaevon tumanidagi Xellouin bayramida yuz bergan tiqilinchda 120 kishi halok bo`ldi, 150 nafari yaralandi", deyiladi OAV xabarida.
Avvalroq Seuldagi tiqilinch tufayli 50 ga yaqin odamning yurak xurujiga uchragani xabar qilingan edi. Agentlik ma`lumotlariga ko`ra, favqulodda vaziyatlar xodimlariga fuqarolardan kamida 81 ta qo`ng`iroq kelib, nafas olish qiyinligi haqida xabar bergan.
Janubiy Koreya prezidenti Yun Seok Yol jabrlanganlarga birinchi yordam ko`rsatishni buyurdi. Seul meri O Se Xun Evropaga tashrifini voqea ortidan to`xtatdi.






