AsosiyJamiyat

Toshkentdagi uchta tumanda gaz o`chiriladi

'Toshkentdagi uchta tumanda gaz o`chiriladi'ning rasmi

Poytaxtimizdagi ayrim hududlarida vaqtincha gaz ta`minoti to`xtatiladi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, bugun, 29 oktyabr kuni Yangihayot tumani, "Yangi Choshtepa" mahallasi hududidan o`tgan yuqori bosimli gaz quvuriga elektron  hisoblagichlarni o`rnatish ishlari olib boriladi. Shu sababli bir necha tumanlardagi ayrim mahallalarda vaqtincha gaz ta`minoti to`xtatiladi.

Yangihayot tumani:

— "Yangi Choshtepa" MFYda;

— "Choshtepa" MFYda

Sergeli tumani:

— "Junariq" MFYda.

Chilonzor tumani:

— "Beshqo`rg`on" MFYda.

"Hududgaz Poytaxt" noqulayliklar uchun uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar